Namozda imom bo‘lishim

Assalomu alaykum! Men imkoni cheklanganlardanman, namozni o‘tirgan xolda o‘qiman, uyda ukalarimdan ko‘ra ilmim ziyodaroq, suralarni qiroat qilib yaxshi o‘qiman. Namozda imomlikka men o‘tganim yaxshiroqmi yoki ukalaridan birimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ukalaringizni tajvidi namozga yaroqli bo‘lsa ukalaringiz o‘tgani yaxshiroq. Ularniki namozga yaroqli bo‘lmasa sizni o‘tganingiz afzal. Aslida sizni o‘tishingizda ham zarar yo‘q. "Kifoya" kitobida quyidagicha kelgan:
Tik turgan o‘tirganga iqtido qilishi joizligi, o‘tirib imom bo‘lgan ruku’ va sajdaga qodir bo‘lishi sharti bilandir. Buning hujjati quyidagi rivoyatdir: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ إِنَّمَا جُعِلَ الْإِمَامُ لِيُؤْتَمَّ بِهِ، فَإِذَا كَبَّرَ فَكَبِّرُوا، وَإِذَا رَكَعَ فَارْكَعُوا، وَإِذَا قَالَ  سَمِعَ اللهُ لِمَنْ حَمِدَهُ فَقُولُوا  اللَّهُمَّ رَبَّنَا وَلَكَ الْحَمْدُ، وَإِذَا سَجَدَ فَاسْجُدُوا، وَإِذَا صَلَّى جَالِسًا فَصَلُّوا جُلُوسًا أَجْمَعُونَ  رَوَاهُ الْخَمْسَةُ  
وَلَفْظُ أَبُو دَاوُدَ   إِنَّمَا جُعِلَ الْإِمَامُ لِيُؤْتَمَّ بِهِ، فَإِذَا كَبَّرَ فَكَبِّرُوا وَلَا تُكَبِّرُوا حَتَّى يُكَبِّرَ، وَإِذَا رَكَعَ فَارْكَعُوا وَلَا تَرْكَعُوا حَتَّى يَرْكَعَ، وَإِذَا سَجَدَ فَاسْجُدُوا وَلَا تَسْجُدُوا حَتَّى يَسْجُدَ  
قَالَ الْحُمَيْدِيُّ  قَوْلُهُ   إِذَا صَلَّى جَالِسًا فَصَلُّوا جُلُوسًا  هُوَ فِي مَرَضِهِ الْقَدِيمِ، ثُمَّ صَلَّى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  بَعْدَ ذَلِكَ جَالِسًا وَالنَّاسُ خَلْفَهُ قِيَامًا، لَمْ يَأْمُرْهُمْ بِالْقُعُودِ، وَإِنَّمَا يُؤْخَذُ بِالْآخِرِ، فَالْآخِرِ مِنْ فِعْلِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ
 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Imom unga ergashilishi uchungina qo‘yilgandir. Takbir aytsa, sizlar ham takbir aytinglar. Ruku’ qilsa, sizlar ham ruku’ qilinglar. «Sami’allohu liman hamidah», desa, «Allohumma Robbanaa va lakal hamd», denglar. Sajda qilsa, sajda qilinglar. O‘tirib namoz o‘qisa, barchangiz o‘tirib namoz o‘qing», dedilar».
Abu Dovud keltirgan lafzda:
«Imom faqat unga ergashilishi uchun qo‘yilgandir. Takbir aytsa, sizlar ham takbir aytinglar. U takbir aytmaguncha sizlar takbir aytmanglar. Ruku’ qilsa, sizlar ham ruku’ qilinglar. U ruku’ qilmaguncha sizlar ruku’ qilmanglar. Sajda qilsa, sizlar ham sajda qilinglar. U sajda qilmaguncha sizlar sajda qilmanglar», deyilgan.
Humaydiy aytadi:
«O‘tirib namoz o‘qisa, barchangiz o‘tirib namoz o‘qing», degan so‘zlari u zotning ilgarigi betobliklarida bo‘lgan. Bundan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallam yana o‘tirib namoz o‘qidilar, odamlar esa ortlarida tik turishdi. U zot ularni o‘tirishga buyurmadilar. Albatta, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning amallaridan eng oxirgisi olinadi».
Buxoriy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 08:05 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar