Qorako‘ldan kiyim kiyish joizmi?
Assalomu alaykum! Qorako‘l qo‘zichoqlarining mo‘ynasidan tayyorlangan liboslarni kiyishning hukmi qanday? Qorako‘l telpak, qorako‘l palto va hokazolarni kiyish mumkinmi? 2). Qorako‘l qo‘zichoqlarini so‘yish mumkinmi? Ba’zi qo‘zichoqlarni ona qornidaligida tug‘ilishiga bir necha vaqt qolganda so‘yib terisi shilinar ekan, sabab terining sifati yaxshi, qimmatbaho bo‘larkan. Savolni yo‘llashimdan maqsad, shu kunlarda yana shu mavzuda gap ochildi va sizlardan so‘rab bilish uchun savol yo‘llamoqdaman. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kiyish joiz, go‘shtini tashlab yuborilmasa bo‘ldi. So‘yishda tasmiya aytishi shart. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:18 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar