Nogiron bola hojati

Assalomu alaykum! Sizlarning qilayotgan xizmatlaringizga Alloh rozi bo‘lsin. Mening 7 yoshli nogiron o‘g‘lim bor. Tashxisi miya falaji. Aqli zaif, yurmaydi, gapirmaydi, katta va kichik hojatini aytmaydi tozalab olaman. Uyda o‘ziga ajratilgan joy bo‘lishiga qaramay xoxlagan joyiga emaklab borib katta va kichik hojatini chiqarib qo‘yadi. Qishloq joylarida qish kunlari uyni isitish muammo bo‘lgani uchun qishda hammamiz 1ta xonada turamiz. O‘sha xonaga o‘ziga ajratilgan joydan boshqa xoxlagan joyiga siyib qo‘yadi. Men esa namoz o‘qish uchun boshqa issiqxona bo‘lmagani uchun uyni burchaklariga joynamoz solib namoz o‘qiyman. Savol; 1. Shu ishim gunoh emasmi? 2). Ba’zan namozimni o‘qiyotgan paytim katta hojatini qilib qo‘yadi. Namoz ichida hidini sezaman, namozni tugatib keyin tozalayman. Yoki hidni sezishim bilan yomon hid uchun namoz tugamagan bo‘lsada to‘xtatishim kerakmi? Ba’zan shu narsa uchun ruhan ezilaman uyimdan yomon hidlar kelayotgani uchun, lekin bu mening Alloh tomonidan yozilgan taqdirim, doim shukr qilib yuraman, nogiron farzandim borligi uchun hech hayotimdan nolimayman...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Gunoh emas.
2). Davom ettiravering. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 08:16 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar