Taxoratim va namozim joizmi

Assalomu alaykum! Men yaqinda burnimni suyagi qiyshiqligi bois burnimni operatsiya qildirdim. Operatsiyadan keyin qonim suyuqligi sabab 1-2 kungacha qon tuxtamadi. Burunga dorilik paxta quyib burnimni ustidan xam bint qilib bog‘lab qo‘yishdi yuzim xam bir qismi bog‘landi. Shu xolatimda ogzimni suv olib chayqolmaganligim sabab burnimga xam suv tekkizib bulmaganligi sabab xamda yuzimda bint borligi u.n taxorat tartibini biroz o‘zgartirdim. Ya’ni og‘zimni barmoqlarimda namladim. Burnimga tegolmadim. Yuzimda xam o‘ralgan joy borligi bois to‘liq suvda yuvolmay ochiq joylarini namloldim xalos. Qolgan taxoratim o‘z o‘rnida bo‘ldi. Shu taxoratim joizmi? 2. Shu xolatda xar namozda alohida taxorat olib 5 vaqt namozni egilmay o‘rnimdan turmay o‘tirib sajdani xam baland qilib o‘qidim xamma namozlarni. Toki o‘z xolimga qaytgunimcha. Shu o‘qigan namozim joizmi. Yoki nichchi kun shunaqa o‘qigan bo‘lsam qaytadan qazosini o‘qiymanmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Joiz. 2). Biz joiz deb bilamiz. Agar qalbingiz taskin topmasa farzlarini o‘zini qazosini o‘qib  oling. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 09:25 | Savol-javoblar | 176 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar