Murojaat

Assalomu alaykum! Ustozlar, Sizlardan Alloh taolo rozi bo‘lsin va qilayotgan mehnatlaringiz ajr-mukofotini ziyoda qilsin! Bitta narsa haqida iltimos qilmoqchi edim. Bu saytdan juda ko‘p foydalar olyapmiz va o‘rganganlarimizga Alloh qodir qilganicha amal qilyapmiz. Lekin bu saytdan yanada unumliroq foydalanishimiz uchun savolning nomini to‘g‘ri yozishga odatlansak nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi. Oddiygina misol "g‘usl" so‘zini kiritib izlash xizmatidan foydalanganingizda, "g‘usl" bo‘yicha berilgan barcha savollar chiqmaydi, va ko‘pchilik faqatgina shu savollarni o‘rganish bilan cheklanib , qayta berilgan savollarni o‘zi bilmagan holatda yana berishga majbur bo‘ladi, bu esa Zikr ahli hay’ati a’zolariga ortiqcha ish bo‘ladi. Oddiy "g‘usl" so‘zini ---> gusl, gusul, gusil, g‘usil, g‘usul kabi ko‘rinishlarda savol beruvchilar tomonidan yozilganini ko‘rib turamiz. Iltimos,hech bo‘lmaganda shu savol nomini to‘g‘ri yozish qoidalariga rioya qilgan holatda yozishni yo‘lga qo‘yaylik, va boshqalarga ham engillik yarataylik. Men bu murojaatim orqali kimlarnidir savodsizga chiqarmoqchi emasman, shunchaki savol nomini yozishga ozgina e’tiborli bo‘lsak yaxshi bo‘lardi. Allohim hammamizga chiroyli ilm bersin va unga amal qilguvchilardan qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yashang, Alloh muvaffaq qilsin. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 08:25 | Savol-javoblar | 140 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar