100 martta hamd aytish

Assalomu alaykum! Kimki ertalab va kechqurun Allohga yuz marta takbir aytsa, yuz marta haj qilgandek bo‘ladi, kimki ertalab va kechqurun Allohga yuz marta hamd aytsa, Alloh yo‘lida yuzta otliqni jihozlagandek yoki yuzta g‘azot qilgandek bo‘ladi, kimki ertalab va kechqurun Allohga yuz marta tahlil aytsa Ismoil alayhis salomning farzandlaridan yuztasini ozod qilishdek savobga ega bo‘ladi, kimki ertalab va kechqurun Allohga yuz marta takbir aytsa, hech kim uning keltirgan (savob amali) dan ortiq keltirolmaydi, magar, kimki shuni aytsa yoki undan ziyoda qilsa (keltira oladi).” Termiziy rivoyati.Tahlil bu  “La ilaha illalloh” kalimasini aytish, ya’ni, “Allohdan o‘zga iloh yo‘q”  deyish. Tasbih bu “Subhanalloh” kalimasini aytish, ya’ni, “Alloh har qanday aybu-nuqsondan pokdir” deyish. Shu hadis sahixmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fazilat bobida amal qilinadigan hadis. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar