Fol ochtirish
Assalom alaykum! Yo‘lda ketayotgan edim bir ayol to‘xtatib dadamni, meni va uyimni so‘rab ketdi xuddi meni taniydiganday. Men ham har doimgiday savollariga javob berdim. Chunki davlat ishida ishlashim sababli ko‘pchilik mendan savol so‘raydi. U ayol meni onamni betobligini aytib ketdi va men haqimda ham gapirib ketdi. “Men bunaqa narsalarga ishonmayman desam ham men Xudodan qo‘rqaman men ham musulmonman, senga achinganimdan gapiryapman” dedi, keyin “men ketaman desam onang o‘ladi bo‘lmasam meni gapimni eshit” dedi. Men onamni juda yaxshi ko‘raman. U qanaqadur duolar qilaman dedi. Men tushunmay qoldim nimalar qilayotganini. Keyin pulimni oldi, o‘zim ham tushunmadim bunaqa holga birinchi marta tushyapman. G‘alati bo‘lib qoldim. Allohdan qo‘rqaman, namoz o‘qiyman, ro‘za tutaman. Gunoh ish qilib qo‘ymadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Albatta gunoh ish qilgansiz. U Allohdan boshqa hech kim bilmaydigan ilmni da’vo qilsa, shaytonni ishini qilsa siz undan qo‘rqib o‘tirsangiz musulmonchilikka to‘g‘ri keladimi? Alloh taolo "Luqmon" surasida marhamat qiladi: إِنَّ اللَّهَ عِندَهُ عِلْمُ السَّاعَةِ وَيُنَزِّلُ الْغَيْثَ وَيَعْلَمُ مَا فِي الْأَرْحَامِ وَمَا تَدْرِي نَفْسٌ مَّاذَا تَكْسِبُ غَدًا وَمَا تَدْرِي نَفْسٌ بِأَيِّ أَرْضٍ تَمُوتُ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ 34. Albatta, Soat ilmi yolg‘iz Allohning huzuridadir. Yomg‘irni U yog‘dirur. Bachadonlardagi narsani ham U bilur. Hech bir jon ertaga nima kasb qilishini bilmas. Hech bir jon qaysi erda o‘lishini ham bilmas. Albatta, Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta xabardordir. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 08:25 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar