Mezbonning hurmati uchun ro‘zani ochish
Assalomu alaykum! Kishining ro‘zasi nafl ro‘za bo‘lsa, mezbon iftordan oldin ro‘zasini ochishini iltimos qilsa, ochishi mumkin. Bu to‘g‘rida bir qancha hadislar mavjud. Birinchi:» Agar birortalaringiz taom (ziyofat) ga taklif qilinsa, ijobat qilsin (ya’ni taklif qilingan joyga borsin) . Taomdan egisi kelsa, esin va agar eyishni xohlamasa tiyilishi (emasdan o‘tirishi) mumkin».[1] Ikkinchi:» Nafl ro‘za tutgan kishi o‘sha erda bo‘lib qolsa, xohlasa ro‘zasini to‘liq qilib tutib qo‘yishi, xohlasa ro‘zasini (iftordan oldin) ochishi mumkin».[2] Uchinchi: Oisha (r.a) rivoyat qiladi: «Bir kuni Rasululloh (s.a.v) oldimga kirib:» (Eyish uchun) Biror narsang bormi?»,- dedilar.» Yo‘q»,- dedim.» Unday bo‘lsa, men (bugun) ro‘zadorman»,- dedilar. Keyin boshqa bir kuni yana oldimga kirib keldilar. Menga hays[3] hadya qilingan edi. Rasululloh (s.a.v) haysni yaxshi ko‘rganlari uchun ozginasini olib qo‘ygan edim. Shunda men:» Ey Allohning elchisi, bizga hays hadya qilingan edi. Shundan sizga ham olib qo‘ygan edim»,- dedim.» Olib kel. Bugun kunni ro‘za bilan boshlagan edim»,- dedilar. Keyin undan edilar va:» Ixtiyoriy ro‘za bu bir kishining o‘z molidan qilgan sadaqasi kabidir. Xohlasa beradi, xohlamasa o‘zida olib qoladi»,- dedilar».[4] [1] Muslim, Ahmad va boshqalar rivoyati. [2] Nasoiy» al-Kubro» nomli asarida, Nikoh odobi degan dasturda shunday deyilgan ekan shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 05:53 | Savol-javoblar | 132 | Ro‘za
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 05:53 | Savol-javoblar | 132 | Ro‘za