Tahoratda shubha
Assalomu alaykum! Menda 3-4 yildan bera ichak yo‘li kasallanish bor, davolandim lekin samarasi bo‘lmadi, shuningdek meni qornim tez-tez dam bo‘ladi, tahoratim buzilgani sezilmasa ham buzildi deb o‘ylab tahorat olaman. Deyarli har doim namozimdan oldin tahorat olaman, kuniga 4 ba’zida 5 maxal. Tez-tez shamollab ham turaman. Nima qilishimni maslahat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz jinsiy a’zolar yuvilmasa ham bo‘lishini bilsangiz kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahoratda a’zolarini bir martadan ham yuvganlar. Shu bilan farz ado bo‘ladi. Buning uchun yarim litr suv kifoya. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 167 | Tahorat