Viza

Assalomu aleykum Shayx xazratlari,Men Viza olishga erdamlashadigan Turfirmada ochmokchi edim. Bu firma fakatgina bitta davlatga kirish uchun Vizalar olib beradi. Firma tugridan tugri mijozlar orkali va asosan Turfirmalar orkali Vizalar beradi. Bu erda xam Viza berilaetgan mijozlar er-xotin eki maxram ekani surishtirilishi shartmi. Bunday xollarda ular aloxida bir uzi, bir uzi bulib xam Vizaga xujjat topshirishlari mumkin. Birga topshirganlarida xam, aloxida topshirganlarida xam Viza xar birlariga aloxida buladi. Bunday xollarda kanday yul tutish mumkin va shu ish xalol ishlardanmi?Avvaldan katta raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu ish halol ishlardan. Noshar’iy ishni aniq bilsangiz, qarshi chiqasiz. Ya’ni, viza olishga yordam bermaysiz.

6 May 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 155 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar