Mashinaga Alloh ismini osib qo‘yish

Assalomu alaykum! Alloh bu xayrli ishlaringizga ulkan ajr savob, vaqtlaringizga baraka bersin. Savol Men mashinamning salonidagi orqani ko‘radigan oynasiga arabcha yozilgan Alloh ismini va tasbeh osib qo‘yganman. Shu ishim shariata zid emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buni qilishdan biror maqsad bo‘ladi. Agar har ko‘zim tushganida Allohni zikr qilaman degan maqsadda bo‘lsa joiz. Biror narsadan saqlaydi degan niyat bo‘lsa nojoiz. Aks holda befoyda ishdir. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 10:55 | Savol-javoblar | 201 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar