Ro‘zada davolanish

Assalomu alaykum! Menda Neyro atrofiya (nerv sistemasining zaiflashishi) kasalligi bor. Bir necha oydan beri davolanib kelyapman. Hozir davolanishim ro‘za vaqtiga to‘g‘ri kelib qoldi. Shifokorning tavsiyasiga ko‘ra: Agar men dorilarni qoldirmasdan ichib yursam yaxshi natijaga erishishim mumkin ekan InshaAlloh. Bir necha kundan beri ro‘za tutiyapman. Dorilarimni esam icholmayapman. Ro‘za vaqtida dori ichsam ro‘zam buziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ro‘za buziladi. Dori ichish vaqtini iftordan to saharlikkacha ko‘chirib oling. Holatingizni o‘zingiz yaxshi bilasiz. Sizni kasalligingizga ro‘za foydali hisoblanadi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 08:48 | Savol-javoblar | 149 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar