Foydalansa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, davlat korxona va tashkilotining yaroqsiz deb topilib hisobdan chiqarilgan buyumlaridan u erda ishlovchi xodimlar uylarida shaxsiy manfaati yo‘lida foydalansa bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! O‘sha zavod keraksiz qilib tashlab yuboradigan buyumlar orasiga tashlagan bo‘lsa olib foydalanish joiz. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 08:48 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar