Mahrni ado qilish haqida

Assalomu alaykum! Onam yaqinda bir mehmonga borib ayollar bilan o‘tirib keldilar va u erda bir otinoyi maruzasida “hozir yaxshi qizlar juda ko‘p, mana yaqinda bir qizimizdan kuyov mahrga nima beray deb so‘rasa, mahrga menga molingiz kerak emas” deb kuyovdan  Mulk surasini so‘radi. Yana biri Yasin surasini yana biri 30 pora Qur’onni so‘rabdi deb gapirib beribdi. Men mahrga pul yoki sotib pul qilsa bo‘ladigan narsa berilishi kerak aks holda nikoh bo‘lmaydi deb eshitgandim. Shundan beri hayolimdan chiqmaydi o‘zim ikkilanib bu ish noto‘g‘ri deb ham aytolmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz tug‘ri o‘ylabsiz. O‘sha suralar yozilgan kitobni so‘ragan bo‘lsa, to‘g‘ri bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 20:06 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar