Spirtli ichimliklarga idish ishlab chiqarish

Assalomu alaykum! Men spirtli ichimliklarga shisha idish ishlab chiqaradigan katta korxonada ishlaganman. Meni yana shu korxonaga ishga chaqirishyapti. Shu korxonada ishlab daromat olish xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu gunohga yordam berish hisoblanadi. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْخَمْرِ عَشْرَةً: عَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَشَارِبَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَسَاقِيَهَا، وَبَائِعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا، وَالْمُشْتَرِيَ لَهَا، وَالْمُشْتَرَى لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamr(aroq)da o‘n(kishi)ni la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, hammolini, ko‘tartirib yuruvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, bahosini eyuvchisini, sotib oluvchisini va sotib olib kelib beruvchisini».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 09:04 | Savol-javoblar | 186 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar