Imom Ahmad Hanbal mazhablari

Assalom alaykum! Hurmatli ustozlar, men hozir Janubi Koreada ishlab yuribman. Hozirda Yamanlik dindishlarimiz ancha ko‘payib qoldi. Bazida peshin va asr namozlarini birga o‘qishga to‘g‘ri kelib qolmoqda. Ular tahorat olganda oddiy paypoqqa masx tortib nomozini o‘qishmoqda. Shunday hollarda ulardan birontasi imomlika o‘tsa ularga ergashib iqtido qlib namozni ado etsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Imom bo‘ladiganiga ayting, bizni mazhabda bu joiz emas, shuning uchun oyog‘ingizni yuvsangiz. Shunda biz ham iqtido qilib o‘qir edik – deng. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 09:05 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar