Xolis kishi kim?
Assalomu alaykum xurmatli shayx xazratlari. Sizga bir savol bilan murojat etmoqchimiz.Savol: Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy (rahmatullohi alayh) ning Tanbex-ulg‘ofiliyn kitobida "Homid Lifof aytadi: “Agar Alloh taolo kishini xolis qilishni xohlasa, uch narsa bilan jazoberadi: Ilmdan ko‘p beradi, ammo ulamolar amalidan qisib qo‘yadi. Solihlarningsuhbatiga erishtiradi, lekin ularning huquqlarini bilishdan qisib qo‘yadi. Unga toatlareshigini ochadi va amalning ixlosidan qisib qo‘yadi” deylgan. Shu so‘zlar tushuna olmadik.Xolis kishi kim o‘zi. Xazrat sizdan iltimos bizlarga buning manosini tushuntirib bersangiz, va biz musofirlarni xam duo qilib qo‘ying iltimos. Savolda xato va beadabliklar bo‘lgan bo‘lsa uzr so‘raymiz. Allox sizdan rozi bo‘lsin. Assalomu alaykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Xolis kishi degani Allohdan boshqaga hech ixlos qilmaydigan kishi degani. Ilmiga amal qilmagan odam Alloh taologa ixlos qilmagan bo‘ladi. Agar Allohga ixlosi bo‘lsa, U Zot bergan ilmga amal qilar edi. Solih kishilar Alloh taoloning sevikli bandalari bo‘ladi. Ularni hurmat qilmagan odam ham Allohga ixlos qilmagan bo‘ladi. Toatlar eshigi ochilishi Alloh tomonidan bandaga toat va ibodat qilishga keng imkon yaratib berilishidir. Ixlos bilan ibodat qilmagan odam Alloh taologa ixlos qilmagan bo‘ladi.
4 May 2022, 09:31 | Savol-javoblar | 183 | Hadislar