Moshina oldi sottisi

Assalomu alaykum! Mashina bozorida mashina sotish bilan shug‘ullanaman. Bir inson mendan muddatli to‘lov ( arenda)ga mashina olib berishimni so‘rasa, men unga u xohlagan mashinani taniga pul qo‘shib, masalan : mashinani 7500 dollarga sotib olib, shuni xaridorga tani 8000 siz bergan pulni tanidan ayirib qolgan summaga 30% qo‘shib 12 oyga bo‘lib bersam, shundan topgan pul men uchun halolmi? Bo‘lmasa qanday savdo qilishimiz joiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 7500 dollarga sotib olib shuni xaridorga tani 8000 deyilsa yolg‘on bo‘ladi. “Mashinaning narxi 8000” desangiz bo‘ladi. Bo‘lib to‘lash uchun qo‘shilayotgan summani o‘zingiz ichingizda hisoblab, xaridorga muayyan bir narxni ayting. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 09:24 | Savol-javoblar | 185 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar