Opamning qaynonasi murtadmi?
Assalomu alaykum! Opamning qaynonasi juda folga o‘ch ayol. Folbinga juda ham ko‘p borib uning aytganlarini qilar ekan. Avval qanchadir muddat namoz o‘qigan ham. Opamga qaynonasi murtad bo‘lib qolgan bo‘lsa ham zarari yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Opangiz unga hamfikr bo‘lmasa, unga zazari yo‘q. عَنْ بَعْضِ أُمُّهَاتِ الْمُؤمِنِينَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُنَّ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا فَسَأَلَهُ عَنْ شَيْءٍ لَمْ تُقْبَلْ لَهُ صَلَاةٌ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ وَلَفْظُهُ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا أَوْ كَاهِنًا فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ Mo‘minlarning onalari roziyallohu an¬hunnaning ba’zilaridan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim arrofga kelib, undan biror narsa haqida so‘rasa, uning namozi qirq kechagacha qabul bo‘lmas», dedilar».
Muslim va Ahmad rivoyat qilganlar.
Ahmadning lafzida:
«Kim arrofga yoki kohinga kelib, uning aytganini tasdiqlasa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsaga kufr keltiribdi» deyilgan.
Sharh: Haqiqiy mo‘min uchun qirq kunlik emas, bir mahal namozining qabul bo‘lmay qolishi ulkan musibatdir. Bu musibat faqatgina folbinga borib, undan bir narsa haqida so‘rashning jazosidir. Uning aytganiga ishonadimi yo‘qmi, farqi yo‘q.
Ammo kim folbinga borib, uning aytganini tasdiqlasa, kufrga ketgan bo‘lar ekan. Allohning O‘zi asrasin! (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
4 May 2022, 10:57 | Savol-javoblar | 153 | Islam