Cho‘chqa yog‘i

Assalomu alaykum! Rossiyada ishlaymiz. Bilishimcha bu erdagi 90% istemol maxsulotlariga cho‘chqa yog‘i qo‘shilarkan. Sutli maxsulotlar, shirinliklar, kolbasa sыr, konserva xullas sabzavot va mevalar bundan mustasno. Xattoki aytishlaricha parranda va qora mollar istemol qilivchi kambikorm xam cho‘chqani suyagidan qo‘shilarkan. Internetdan qidirib o‘qidim unda aytilishicha cho‘chqa yog‘ini ximichiskiy yo‘l bilan parashokga aylantirishar ekan va barcha istimol maxsulotlariga qo‘shilarkan. Tarkibga shu qo‘shimchani emulgator E-471 deb yozilgan. Ba’zi ulamolar cho‘chqa yog‘i ximicheskiy yo‘l bilan boshqa narsaga aylangani uchun istemol qilish mumkin deyishkan ekan. Kafeda margarin ishlatamiz va uni tarkibida yuqoridagi qo‘shimcha bor. Bunda qanday yo‘l tutishimiz kerak? Iloji boricha emaslikga xarakat qilyabmiz, lekin bazi xollarda bilib-bilmay istemol qilyabmiz. Qanday yo‘l tutishimiz kerak? Parranda va qora mollar kambikorm istemol qilgan go‘shtni istemol qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shubhaga soladigan narsani tark qiling. قُلْتُ لِلْحَسَنِ بْنِ عَلِيٍّ: مَا حَفِظْتَ مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ؟ قَالَ: حَفِظْتُ مِنْهُ: «دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ، فَإِنَّ الصِّدْقَ إطْمَأْنِينَةٌ، وَإِنَّ الْكَذِبَ رِيبَةٌ» وَفِي الْحَدِيثِ قِصَّةٌ.
هَذَا حَدِيثٌ صَحِيحٌ.
 وَأَبُو الْحَوْرَاءِ السَّعْدِيُّ اسْمُهُ: رَبِيعَةُ بْنُ شَيْبَانَ
 Bizga Abu Muso Ansoriy hadis aytib berdi. U dedi: «Bizga Abdulloh ibn Idris hadis aytib berdi». U dedi: «Bizga Shu’ba hadis aytib berdi». U Burayd ibn Abu Maryamdan:
Abu Havro Sa’diydan:
«Hasan ibn Aliga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan nimani yod olgansan?», dedim. U: «U zotdan «O‘zingni shubhalantiradigan narsani qo‘yib, shubhalantirmaydigan narsaga o‘t. Chunki rostgo‘ylik hotirjamlikdir, yolg‘on esa shubhadir», deganlarini yod olganman», dedi».
Bu sahih hadisdir.
Abu Havro Sa’diyning ismi Robi’a ibn Shaybondir. 
Imom Termiziy rivoyati. Kambikorm istemol qilgan parranda va qora mollarni so‘yishda Bismillah Allohu akbar deb so‘yilgan bo‘lsa eyish joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:11 | Savol-javoblar | 184 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar