Nasoroning Qur’on xaqida shubhasi
Assalomu alaykum! Sizlardan Duriy va Xafs qiroatlari xaqida so‘ramoqchi edim. Bir nasoro chiqib Qur’on o‘zgartirilgan deb da’vo qilyapti. Va bu gapini tasdiqlash uchun Qur’oni Karimdan birmuncha missollarni keltirib o‘tdi. Duriy boshqa Qur’on, Xafs boshqa Qur’on deyapti. Ular orasidagi farq ba’zi oyatlardagi ayrim so‘zlarning boshqacha ekanligida demoqda. Bu gapi bilan Qur’on o‘zining asl xolida saqlanib qolinmagan deyishga urinyapti. Masalan 2:270 Duriyda "Nukaffir" deyilsa, xuddi shu oyatda Xafsda "Yukaffir" deyilyapti. Yana Xafs 2:10da "Yakzibun" bo‘lsa, Duriy shu oyatda "Yukazzibun" so‘zi kelyapti. Yana Xafs 43:24da "Qoola" bo‘lsa, Duriyda "Qul" bo‘lyapti. Shunday qilib yana birqancha oyatlardagi farqni ko‘rsatdi. Bu ishi bilan u musulmonlar qalbiga shubxa tashlayapti. Endi meni savolimga kelsak, Abu Bakr rodiallaxu anxu va Umar rodiallaxu anxu barcha suralarni bir joyga to‘plab musxaf xoliga keltirganlarida Qur’on bitta edi, tabiyki unga qarab o‘quvchilarning qiroatlari xam bir xil bo‘ladi. Men tushunmadim nega Duriy, Xafs bo‘lib ketdi. Ya’ni o‘sha birinchi Qur’on asosida keyinchalik odamlar qiroatning etti xili uchun etti xil musxaf yozganmilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U dinimizda Qur’onni bir necha lahjada o‘qish uchun berilgan ruxsatni noto‘g‘ri talqin qilib odamlarni axmoq qilmoqchi bo‘lyapti.
«Etti harf»dan murod ma’nolari bir xil, lafzlari har xil bo‘lgan etti ko‘rinishdir.
Misol uchun:
«أَقْبِلْ، هَلُمَّ، تَعَالَ» – «oldinla», «bu yoqqa», «kel»;
«عَجِّلْ، أَسْرِعْ» – «shoshil», «tezla»;
«أَنْظِرْ، أَخِّرْ، أَمْهِلْ» – «shoshma», «kechik», «vaqt ber».
Bu erda bir so‘zning ma’nosini anglatish uchun boshqa so‘zlar ishlatilmoqda.
Chuqur o‘ylamasdan aytilgan yuqoridagi gap keyinchalik Qur’oni Karimning dushmani bo‘lgan ba’zi sharqshunoslarning fitnasi uchun shubha eshiklarini ochib bergan. Ushbu tushunchani mahkam ushlab olgan sharqshunoslar «Ma’noni qiroat qilish nazariyasi bor» degan shubhani qo‘zg‘aganlar. Shubhasiz, bu narsa islomiy hayotdagi eng xatarli nazariyalardandir. Chunki bundan qur’oniy matnlarni har kimning havoyi nafsiga topshirib qo‘yish, ular esa o‘zlari xohlagan narsani isbot qilishga urinishlari kelib chiqadi.
Ushbu va boshqa ma’lumotlarni sinchiklab o‘rgangan mutaxassis ulamolarimiz, Qur’oni Karimning «etti harf»da nozil bo‘lishi Qur’oni Karimning ba’zi so‘z va harflarini talaffuz qilishda ijozat berilgan etti tur xilma-xillikdir, deydilar. (“Qur’on ilmlari” kitobidan). Vallohu a’lam!
4 May 2022, 10:57 | Savol-javoblar | 149 | Qur’oni karim