Jannat chodir va bozorlari haqida hadis

Assalomu alaykum!JANNAT ChODIRLARI, BOZORLARI, JANNATIYLARNING DUNYoDA QILGAN IShLARI VA IBODATLARINI ESLAShLARI Abu Muso Ash’ariydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jannatda yaxlit durdan o‘yib yasalgan chodir bor, kengligi oltmish mil. Har burchagida mo‘min uchun ahllar bor. Ular bir-birlarini ko‘rmaydilar. Mo‘min ularni aylanib yuradi" (Muslim rivoyati). Said ibn Musayyabga bir kuni Abu Hurayra: "Allohdan sen bilan meni jannat bozorida jamlanishini so‘rayman", dedilar. Said: "Jannatda bozor bormi?" deb so‘radi. Abu Hurayra roziyallohu anhu: "Ha", deb ushbulari aytib berdilar: "Farishtalar o‘rab turgan bozorga kelasan. Unda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, xayolga kelmagan narsalar bor. Xohlaganimiz beriladi, sotilmaydi ham, sotib olinmaydi ham. Va mana shu bozorda jannat ahllari bir- birlariga yo‘liqadilar. Yuqori manzil egalari quyirokdagilar bilan uchrashadilar — vaholanki, u erda past darajaning o‘zi yo‘q uning ustidagi kiyimiga quyiroqdagining havasi keladi. U ham gapini tugatmasdanoq undan chiroylirog‘i unda gavdalanadi. Chunki biror kimsada jannatda xafalik bo‘lmaydi" (Termiziy rivoyati). Bu hadisni Abu Hurayradan mukammal tarzda Ibn Moja ham keltirgan. Unda bunday deyiladi: "Menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xabar berdilar: "Jannat ahli jannatga kirsa, amallariga ko‘ra manzil-darajalarini egallaydi. Ularga dunyodagi juma kuni miqdoricha muhlat beriladi, bas, ular Allohni ko‘radi. Alloh ularga Arshni va jannatning bir bog‘ida jamolini ko‘rsatadi. Ular uchun nurdan, durdan, yoqutdan, zabarjaddan, oltin va kumushdan bo‘lgan minbarlar qo‘yiladi. Ularning eng quyi manzildagisi — vaholangki, u erda quyi darajaning o‘zi yo‘q — mushk va kofurdan bo‘lgan tepalikda o‘tiradi, ular minbarlardagi kursi egalarini o‘zlaridan afzal deb o‘ylamaydilar". Shunda men: "Ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Parvardigorimizni ko‘ramizmi?" deb so‘radim. U zot: "Ha, havo ochiq kunda quyoshni va to‘lin oyni ko‘rishga biror narsa sizlarga to‘sqinlik qiladimi?" dedilar. "Yo‘q", deyishdi. "Xuddi shuningdek, Parvardigoringiz azza va jallani ko‘rishda ham to‘siq bo‘lmaydi. U majlisda Alloh taolo xitob qilmagan biror kimsa qolmaydi. Hatto ularning har biriga: "Ey falonchi, mana bunday, mana bunday qilgan kuningni eslay olasanmi?" deb dunyoda qilgan ishlarini eslatadi. U banda: "Ey Parvardigor, u ishimni kechirmaganmiding?" deydi. Parvardigor: "Ha, kechirganman! O‘sha mag‘firatimning kengligi sababli sen shu manzylda o‘tiribsan", deydi", dedilar Nabiy alayhissalom". Parvardigor bilan bandalar bir-birlariga mana shunday xitob qilib turishgan chog‘da, bandalar ustini bulut qoplaydi va xushbo‘y yomg‘ir yog‘adi, uning bo‘yi boshqa biror narsada topilmaydi. So‘ng Parvardigor ularga: "Sizlarga saxiylik bilan tayyorlab qo‘ygan narsalarimga to‘yinglar va xohlagan narsalaringizni olinglar", deydi. So‘ng manzillariga qaytishadi va ularni juftlari kutib olishadi. Ular: "Xush keldingiz, marhabo, ketayotganingizda boshqacha edingiz, qaytganingizda jamolingiz va bo‘ylaringizdan yana ziyoda bo‘libdi", deyishadi. Ular esa: "Bugun biz Parvardigorimiz bilan hamsuhbat bo‘ldik va shu sababli ham biz bunday ko‘rinishda qaytishga haqlimiz", deydilar". Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jannatda bir bozor bor, unda sotish ham, sotib olish ham yo‘q. U erda ayol-erkaklarning suvrat-qiyofalari bo‘ladi. Kim bir suvratga kirishni xohlasa, o‘sha qiyofaga kiradi" (Termiziy rivoyati). Anas ibn Molik aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Jannatda bozorlar bor, unda sotish ham, sotib olish ham yo‘q. Jannat ahli jannat xursandligiga muyassar bo‘lgach, tuproqlari mushk bo‘lgan mayin durlar ustida yastangan holda o‘tiradilar. Ular jannatlarda bir-birlari bilan dunyoda qanday bo‘lganlari, Allohga qanday ibodat qilganlari, qanday qilib kechalarni bedor, kunduzlarni qoim o‘tkazganlari, dunyodagi faqirlik va boylik qanday ekani, o‘lim qanday kechgani va shuncha sinovlardan keyin qanday qilib jannatga kirganlarini eslashib o‘tiradi".
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadis sahih. Imom Muslimning sunanlarida keladi. عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ فِي الْجَنَّةِ لَسُوقًا، يَأْتُونَهَا كُلَّ جُمُعَةٍ، فَتَهُبُّ رِيحُ الشَّمَالِ فَتَحْثُو فِي وُجُوهِهِمْ وَثِيَابِهِمْ، فَيَزْدَادُونَ حُسْنًا وَجَمَالًا، فَيَرْجِعُونَ إِلَى أَهْلِيهِمْ وَقَدِ ازْدَادُوا حُسْنًا وَجَمَالًا، فَيَقُولُ لَهُمْ أَهْلُوهُمْ: وَاللهِ لَقَدِ ازْدَدْتُمْ بَعْدَنَا حُسْنًا وَجَمَالًا، فَيَقُولُونَ: وَأَنْتُمْ، وَاللهِ لَقَدِ ازْدَدْتُمْ بَعْدَنَا حُسْنًا وَجَمَالًا Anas ibn Malik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Jannatda bir bozor bor. Jannatiylar u erga har juma kelishadi. Shimol tarafdan shamol esib, ularning yuzlari va kiyimlarini hilpiratadi va ularning husnu jamollari ziyoda bo‘ladi. So‘ng ular o‘z ahllariga o‘sha husnu jamollari ziyoda bo‘lgan hollarida qaytishadi. Ahllari ularga: «Allohga qasamki, husnu jamolingiz yanada ziyoda bo‘lib kelibsiz», deyishadi. Ular: «Allohga qasamki, sizning ham husnu jamolingiz ziyoda bo‘lib ketibdi», deyishadi». ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Muslim").
Quyidagi linkda berilgan maqolani ham o‘qing. Vallohu a’lam!https://islom.uz/maqola/9716

4 May 2022, 11:08 | Savol-javoblar | 176 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar