Tovus haqida

Assalomu alaykum! Tovus jannatdan kuvilgan deyishadi odamlar. Shu rostmi? Shu xaqida oyat tushganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bizni qabrda, mahsharda, sirot ko‘prigidan o‘tayotganda, nomai amolimizni berilayotganda juda ham qattiq holat kutmoqda. Bu qisqa umrda o‘sha holatlardan qanday qutilish g‘amida bo‘lishimiz kerak, unga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, qaysi amallarni qilsak u erda halokatga uchrab, qaysi amallarni qilsak najot topishimizni o‘rganib unga amal qilishimiz kerak. Bilsak ham bilmasak ham dunyo va oxiratimizga hech qanday foyda keltirmaydigan narsalarimizni payida bo‘lmasligimiz kerak. عن عائشة انها ذكرت النار فبكت فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم مالك قالت ذكرت النار فبكيت فهل تذكرون أهليكم يوم القيامة قال اما في ثلاث مواطن فلا يذكر أحد أحدا حيث توضع الميزان حتى يعلم اتخف ميزانه أم تثقل وعند تطاير الكتب حين يقال هاؤم اقرؤا كتابيه حتى يعلم أين يقع كتابه أفى يمينه أم في شماله أو من وراء ظهره وعند الصراط إذا وضع بين ظهرى جهنم حافتاه كلاليب كثيرة وحسك كثير يحبس الله بها من شاء من خلقه حتى يعلم أينجو أم لا. رواه ابو داود Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Oisha  roziyallohu anho do‘zaxni eslab yig‘ladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Senga nima bo‘ldi” dedilar. “Do‘zaxni eslab yig‘ladim. Qiyomat kuni bo‘lganida ahli ayolingizni ham esga olasizlarmi” dedilar. “Uchta o‘rinda hech kim hech kimni esga olmaydi. Tarozu qo‘yilganda tarozusi engil yoki og‘ir bo‘lganini bilmagunicha. Nomai a’mol tarqatilib “Qani kelinglar, kitoblaringizni o‘qinglar” deyilganda kitobi o‘ng qo‘lidan yoki chap qo‘lidan yoki orqasidan berilishini bilmagunicha va jahannam ustiga sirot ko‘rigini qo‘yilganda ham ko‘prikning ikki yonida ko‘plab changaklar va tikanaklar bo‘ladi Alloh taolo u bilan bandalardan xohlaganlarini sirotdan o‘tib ketishdan to‘xtatib qoladi. Shu o‘rinda najot topish yoki topmasligini bilgunicha(hech kim hech kimni esga olmaydi)” dedilar. Abu Dovud rivoyati. 
Boshqa bir rivoyatda “Sirotning o‘ng va chap taraflarida farishtalar saf tortib turgan bo‘ladilar. Sa’don daraxtining tikoni kabi changaklar bilan sirotdan o‘tuvchilarni ilib olib qoladi” dedilar. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:35 | Savol-javoblar | 207 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar