Namozim

Assalomu alaykum! Xayz kelishidan oldin belgi beruvchi jigarang vыdelenie kesa namoz o‘qisa bo‘ladimi? Agar o‘sha vыdeleniya xayz xisoblansa 10-12 kun namoz o‘qiyomiman...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hayz 10 kundan oshmaydi. Siz o‘sha vыdeleniya kelishidan oldingi odatlaringizni qarang. Qaysi tomonga kun qo‘shilgan? Boshigami yoki oxirigami? Masalan odatda 20 kun poklik 8 kun hayz ko‘radigan bo‘lsangiz, endi 16 kun poklik 12 kun hayz ko‘rayotgan bo‘lsangiz 20 kuni poklikdan bo‘ladi. 20 kundan keyingilari hayz hisoblanadi. Teskarisi bo‘lishi ham mumkin. Masalan 20 kun poklik 8 kun qon ko‘rsangiz keyin 20 kun poklik 12 kun qon ko‘rayotgan bo‘lsangiz 20 kun poklik 8 kun hayz va 4 kun istihoza bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 11:08 | Savol-javoblar | 152 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar