Do‘stlar xaqida

Assalomu alaykum! Meni 1-sinfligimdan katta bo‘lgan 4-5 ta sanoqli do‘stlarim bor. Xozir xammamiz xar xil soxalarda ishlab xar xar zamon ko‘rishib turamiz. Alhamdulillah yaqinda namoz o‘qishni boshladim va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga imkon qadar rioya qilayapman. Savolim shuki do‘stlarim dunyoqarashi o‘ta zamonaviy. Masalan do‘stlarimni xamkasblari bilan xar o‘tirishganida ichib turishadi. Og‘zidan ko‘p faxsh so‘zlar chiqadi va ayollar bilan ko‘p zino qilishadi, xolbuki oilasi bo‘lsa xam. Men Allohdan qo‘rqib taqvoli bo‘lganim uchun ulardan ancha yiroqlashganman. Namoz o‘qishimni do‘stlarimdan biri o‘zim xoxlamasamda bilib qoldiU esa xuddi ustimdan kulganday kulib qo‘ydi. Orada qori xam deb kuldi. Keyin islom xaqida sal gapirib boshlagandim jaxli chiqqanday bo‘ldi. Shuning uchun indamadim. Lekin u do‘stlarim odamgarchiligi bor, masalan kasal bo‘lib qolsam yoki ota-onamiz kasal bo‘lib qolsa bir birimizni ko‘rgani boramiz. Lekin ichkilikka va zinoga juda ruju qo‘yishgan. Men bu xolatda do‘stlarim bilan aloqani uzishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ham o‘shanchalik darajada aloqa qiling. Yaqinlari kasal bo‘lsa boring, boshlariga ish tushsa shar’an halol bo‘lsa yordam qiling va ichadigan majlislariga bormang. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 11:30 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar