Tasbeh aytilgan tosh

Assalomu alaykum! Bizda odam vafot etgandan keyin qilinadigan udumlar bor. Shularni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bilmoqchiman. Odam tirikligida salovot aytib tosh o‘tkazgan bo‘lsa shu toshlarni uni ko‘mayotgan qabr ichiga qo‘yishni qandaydir ajri savobi bormi? 2. Kishi vafot etgandan so‘ng yaqinlari yig‘ilib salovot aytib tosh o‘tkazib keyin shu toshlarni qabrda qoldirishning ajri qanday? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ajri yo‘q. 2). Dinimizda bunday amal yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:53 | Savol-javoblar | 160 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar