Oilaviy munosabatlar

Assalomu alaykum! Mening turmush o‘rtog‘im va qaynsinglimning otalari va onalari boshqa-boshqa, ya’ni qaynotam qaynonamning(turmush o‘rtog‘imning rahmatli onalari) vafotlaridan so‘ng bir qizi (qaynsinglim) bor ayolga(ayni damda qaynonam) uylanganlar. Savolim shuki, qaynsinglim biznikida uzoq muddat yashashi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaynisinglingiz agar turmush o‘rtog‘ingizga emikdoshligi ham bo‘lmasa nomahram hisoblanadi va hijoblanib yurishi kerak bo‘ladi. Biznikida deganda qaynota-qaynonangizning uyini nazarda tutgan bo‘lsangiz, o‘zining uyi. Agar turmush o‘rtog‘ingiz bilan siz yashaydigan uyni nazarda tutyapgan bo‘lsangiz, sizlarning ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar