Amerikada mehmonxonada ishlash

Assalomu alaykum! Amerikaga 4 oy muddatga ishga borib kelmoqchiman. Maqsad uylanish uchun pul ishlab topish. Allohdan xayrli bo‘lsa nasib etishini so‘rayapman. U erdagi ishlardan eng haromdan uzoqrog‘i mehmonxonada xona tozalash bo‘lib chiqdi. Ammo shunda ham ichimda g‘ashlik. Sabab, men bormoqchi bo‘lgan joylar inson qilishi mumkin bo‘lgan eng yomon masiyatlar uyasi. Mehmonxona daromadiga ham harom aralashishi turgan gap. Bunda mening maoshim halol bo‘lishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mumkin. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 11:52 | Savol-javoblar | 183 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar