Hufton namozining vaqti

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sizning barcha ishlaringizga rivoj tilab, savol yo‘llamoqdaman! Men barcha namozlarimni o‘z vaqtida ado qilishga imkon qadar harakat qilmoqdaman. Ishdan juda toliqib qaytganim sababli, hufton namozini uyqudan so‘ng bomdod vaqti kirmasdan oldin o‘qib olish menga deyarli odat bo‘lib qolgan. O‘qigan kitoblarimdan hufton namozining vaqti to bomdod vaqtigachaligini bilaman. Ammo ba’zi ahli ilmlar bu to‘g‘ri emasligini, faqat vitr namozini o‘zini shu tariqa o‘qib yursa joizligini aytmoqdalar. Hufton va vitr namozlarining chiqish vaqti farqlimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Farqli emas. Sizga bu to‘g‘rida gapirgan odamlar, sizga o‘xshashni odat qilib olish mumkin emas, deyishgan bo‘lsa kerak.

26 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 196 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar