Nazrning vaqti va o‘rni

Shayx hazratlari! Bir necha yil oldin ayolim xomilador bulganida niyat kilgan edim, "onasi kiynalmasa va farzandim sog-salomat tugilsa, etimxonadagi bolalarga bir kuy suyaman", -deb. Lekin kup sabablarga kura va’damni ustidan chikolmadim. Kechirasiz, Shayx hazratlari, lekin bir mavzuda bulgani uchun ikkita savol bermokchiman. Agar bu niyatim nazr bulsa, bir necha yildan beri nazrni bajo keltirmaganim uchun kafforot kerakmi? Biz xozir uzga yurtda. Bu erdagi etimxonalarga bir narsa berish kiyin, xar-xil ruxsatnomalar kerak. Kuy suyishga pulni ota-onamga yuborsam, ular mening nomimdan etimxonadagi bolalarga jonlik suyishsa bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 Kech qoldirganingiz uchun tavba qilasiz,  istig‘for aytasiz. Pulni yuborsangiz, bo‘ladi.

4 May 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar