Shubhalanish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Biz do‘stlarimiz bilan o‘tirish tashkillashtiramiz. Unda pul teng yig‘ilib masalliqlar olib kelib birgalikda taom tayyorlaymiz. Shunda biz bilan bo‘lgan do‘stlarimiz orasidan qaysidir birini puli xarom topilgan pul bo‘lsa o‘sha kungi bizni egan luqmamiz xam xarom xisoblanadimi? 2). Uyda tovuq go‘shtli rolton yozilgan vermeshilini eyishadi. Ba’zida Qozog‘istonda ishlab chiqarilgani ustida halol sertifikati bor ekan. Shuni eyish mumkinmi? Avval ham javob berilgan ekan, faqat oradan ancha yil vaqt o‘tibdi, xozirgi kunda to‘g‘ri kelishiga shubxalanib yozayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Haromdan topganligi aniq bo‘lsa harom hisoblanadi.
2). Hozir ham shubhali. عن الحسن بن علي رضي الله عنهما قال : " حفظت من رسول الله  صلي الله عليه وسلم : دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ ، فَإِنَّ الصِّدْقَ طُمَأْنِينَةٌ ، وَإِنَّ الْكَذِبَ رِيبَةٌ  رواه النسائي Hasan ibn Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Seni shubhaga soladigan narsani qo‘yib, shubhasizini ixtiyor qilgin. Chunki sidq hotirjamlik, kizb esa shak-shubhadir” deganlarini eslab qolganman".
Nasaiy rivoyati. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 132 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar