Karzdorning vasiyati

Assalomu alaykum! Bizdan (2sherik) bir kishining katta miqdordagi qarzi bor edi. U kishi oldingi xafta vafot etib qoldi. Xozir marxumning qarzlarini ukasi o‘z bo‘yniga olibdi. Ammo ukasining moliyaviy sharoiti bu summani to‘lashga qurbi etmaydi, marxumning xam 4 farzandi etim qolishdi. 2-3 oy oldin qarzdor SASda birdan "vafot etib qolsam, qarzdan kechib yubormang, to‘lab berishadi" deya ta’kidladi. Shu so‘zlar vasiyatdek bo‘lib qolgan bo‘lsa, bu vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak? Bu qarzdagi o‘z xissamdan kechsam bo‘ladimi? Sherigimning kechish niyati yo‘q. Uning talabi qanchalar to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kechsangiz bo‘ladi. Sherigingizni talab qilishga haqqi bor. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 13:19 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar