"Taloq ol" desa nima bo‘ladi?
Assalomu alaykum! Onam va adam juda ko‘p urishib turishadi. Onam ko‘p marotaba adamladan "Mening javobimni bering" yoki "Taloqimni bering" deb janjal qiladilar. Xudoga shukurki adamlani sabrlari kuchli edi, lekin yaqinda yana urush bilan onamlar telegramm orqali taloq so‘raganlarida adamla "Taloq ol. Bo‘ldimi?" deb yozibdilar. Adamla nechi marta taloq bergan hisoblanadilar? 2) Qayta nikoh o‘qitirishligi shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bir taloq tushadi.
2). Aslida bu so‘z bilan raj’iy taloq tushadi. Unda qayta nikoh shart emas, lekin bir taloq tushadi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 133 | Oila va turmush