Akaning ayoliga uka uylanishi mumkinmi?

Assalomu alaykum! Mahallamizda bir yigit (ruhiy hasta) uylandi. Ayoli bilan bir ikki yil yashadi. Yigit hastaligi sabab keyinchalik ayoliga e’tibor bermay qo‘ydi. Yigitning ota-onasi kelinini ikkinchi o‘g‘liga nikohlashdi. Kelin ikkinchi nikohidan yaqinda farzand ko‘rdi. Ular barchasi bitta hovlida yashashadi. Ko‘pchilik bu holatni noto‘g‘ri deyishmoqda. (Kamina ham shu fikrdaman). Bu holatda shariat hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo shu holatni biror ahli ilmning huzuriga olib borib erdan nikohini bekor qildirish, ayol idda o‘tirishi kerak edi. Keyin erining ukasiga nikohlanishi joiz edi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar