Beva ayolning savoli

Assalomu alaykum! Bu savolimdan judda hijolatdaman, avalambor uzur so‘rayman. Men ho‘jaynimdan erta ayrildim ularni juddayam yaxshi ko‘rardim farzandim yo‘q, bor yo‘g‘i 2 yil yashadim. Ular yonimda bo‘lmasalar ham faqat ularni deyman, lekin oila azolarim yana bir bora turmishga chiqishimni istashayabdi, lekin qalbim yuragim marhum begimni istaydi. Ota-onam uchun oila qursam nargi dunuyoda begim bilan birga bo‘la olamanmi yo ikkinchi nikohim bilan qolamanmi chin dunyodaham?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu masalada musulmon kishi avvalo chin dunyoda yuzi yorug‘ bo‘lib, jannatga kirishning harakatida bo‘lish kerak. Ana shu muhim. Chunki siz birinchi turmush o‘rtog‘ingiz bilan birga bo‘lishingiz uchun ikkingiz ham jannatga kirishingiz kerak. Chin dunyoda nima bo‘lishini bandasi bilmaydi. Shuning uchun Allohni karamidan umidvor bo‘lib, shariatga amal qilib hayot kechirishi kerak. Ulamolar ayol kishi jannatda qaysi eri bilan birga bo‘ladi degan masalada turli fikrlar aytishgan:1). Oxirgi eri bilan2). Dunyoda ayolga chiroyli muomalada bo‘lgan go‘zal xulqlisi bilan3). Ayol kishiga ixtiyor beriladi. Ana shu gap kuchliroq qavl hisoblanadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 01:20 | Savol-javoblar | 167 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar