Shartli taloq

Assalomu alaykum! Bir necha yil oldin eridan ajralgan bitta bolasi bor ayolga uylandim, u ayol avvalgi eri bilan orasidagi tushgan taloqni shundan izoxlagan. Ya’ni eri giyoxvand modda sotish bilan bir marta qamalib chiqqan, qamoqdan chiqqanidan so‘ng ayoli bilan yana qayta qamalsa uni kutmaslikka boshqa turmush quraverishga kelishishgan va u yana qamalgan... Savolim ularni orasiga taloq tushganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizni gapingizdagi “Yana qayta qamalsam boshqaga tegaver” degan gap taloqni qayta qamalishiga bog‘lash hisoblanadi. Qamalsa taloq tushib iddadan keiyn boshqa erga tegish joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing
https://fiqh.uz/maqola/823 

4 May 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 236 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar