Yo‘lda namoz
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, yaqinda boshqa davlatdan O‘zbekistonga uchib boramanu bir savol tug‘ilib qoldi. Aniqrog‘i peresadka orqali uchaman va bir aeroportda 12-13 soat kutib o‘tirishimga to‘g‘ri keladi. U aeroport ichida namoz o‘qish uchun maxsus joy bo‘lmasligi mumkin. Bu holatda qanday namoz o‘qiyman?
2). Avtobusda 3-4 sutka yurishga to‘g‘ri kelganda(moskva-toshkent) haydovchi musulmon bo‘lmasligi va namoz vaqti bo‘lganda avtobusni to‘xtatib turmasligi aniqroq (90%). Bu holatda qanday o‘qiladi? Bilishim bo‘yicha samolyot va poezdda o‘tirib namoz o‘qisa bo‘lar ekan. Shundaymi? Agar iloji bo‘lsa shu savolni javobini telegramga ham qo‘ysangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Qorningiz ochsa yoki qorningiz og‘risa joy qidirganingizdek, namozga ham joyni qidirib topasiz. Quyidagi linklarni birmi-bir o‘qib chiqing. https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=26951.0 https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=20762.0 https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=28590.0 2). Avvalo haydovchi bilan kelishib olish kerak. Mabodo to‘xtashni hech qanday iloji bo‘lmasa qiblani topib, qiroat va ruku’ qilib, sajda vaqtida o‘rindiqqa chiqib sajda qilish mumkin. أَبُو حَازِمٍ قَالَ: سَأَلُوا سَهْلَ بْنَ سَعْدٍ: مِنْ أَيِّ شَيْءٍ الْمِنْبَرُ؟ فَقَالَ: مَا بَقِيَ بِالنَّاسِ أَعْلَمُ مِنِّي هُوَ مِنْ أَثْلِ الْغَابَةِ، عَمِلَهُ فُلَانٌ مَوْلَى فُلَانَةَ لِرَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَقَامَ عَلَيْهِ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حِينَ عُمِلَ وَوُضِعَ، فَاسْتَقْبَلَ الْقِبْلَةَ كَبَّرَ، وَقَامَ النَّاسُ خَلْفَهُ، فَقَرَأَ وَرَكَعَ، وَرَكَعَ النَّاسُ خَلْفَهُ، ثُمَّ رَفَعَ رَأْسَهُ، ثُمَّ رَجَعَ الْقَهْقَرَى، فَسَجَدَ عَلَى الْأَرْضِ، ثُمَّ عَادَ إِلَى الْمِنْبَرِ، ثُمَّ رَكَعَ، ثُمَّ رَفَعَ رَأْسَهُ، ثُمَّ رَجَعَ الْقَهْقَرَى حَتَّى سَجَدَ بِالْأَرْضِ، فَهَذَا شَأْنُهُ. قَالَ أَبُو عَبْدِ اللهِ: قَالَ عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللهِ: سَأَلَنِي أَحْمَدُ بْنُ حَنْبَلٍ - رَحِمَهُ اللهُ - عَنْ هَذَا الْحَدِيثِ، قَالَ: فَإِنَّمَا أَرَدْتُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ أَعْلَى مِنَ النَّاسِ، فَلَا بَأْسَ أَنْ يَكُونَ الْإِمَامُ أَعْلَى مِنَ النَّاسِ بِهَذَا الْحَدِيثِ. قَالَ: فَقُلْتُ: إِنَّ سُفْيَانَ بْنَ عُيَيْنَةَ كَانَ يُسْأَلُ عَنْ هَذَا كَثِيرًا، فَلَمْ تَسْمَعْهُ مِنْهُ؟ قَالَ: لَا Abu Hozim shunday so‘zlab berdi: «Sahl ibn Sa’ddan: «Minbar nimadan edi?» deb so‘rashdi. Shunda u aytdi: «Odamlar orasida uni mendan ko‘ra biladiganrog‘i qolmadi. U g‘obadagi* yulg‘un daraxtidan edi. Uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga falonaning mavlosi falonchi yasab bergandi. U yasalib, o‘rnatilganidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ustiga chiqib turdilar va qiblaga yuzlanib takbir aytdilar. Odamlar u zotning orqalarida turishdi. Keyin u zot qiroat va ruku’ qildilar, odamlar ham ortlarida turib ruku’ qilishdi. So‘ng u zot boshlarini ko‘tardilar. Keyin orqalariga tisarilib, erga sajda qildilar. Keyin minbarga qaytdilar. Keyin ruku’ qildilar, so‘ng boshlarini ko‘tardilar. Keyin orqalariga tisarilib turib, erga sajda qildilar. Taomili shunday edi». Abu Abdulloh aytadi: «Aliy ibn Abdulloh bunday dedi: «Ahmad ibn Hanbal – rohimahulloh – mendan shu hadis haqida so‘radi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning odamlardan balandroqda ekanlarini aytmoqchi bo‘ldim, xolos. Binobarin, ushbu hadisga ko‘ra, imom odamlardan balandroq bo‘lishining hechqisi yo‘q. Sufyon ibn Uyaynadan bu haqda ko‘p so‘rashar edi, undan eshitmaganmisan?» dedim. «Yo‘q», dedi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 22:40 | Savol-javoblar | 161 | Ibodatlar