Qarzimdan zakot

Assalomu alaykum! Mandan bir akamizni qarzi bor, bir yildan o‘tdi. Men shu pulga zakot beramanmi? U qazdor akani qo‘lida puli bor, lekin menga bermayapti so‘rasam beraman deydi. Bir kishidan so‘rasam u pulga zakot bermaysiz deyapti men bermasam akamiz xam mendagi qarzini o‘zini zakotini xisoblayapkanda ayirib yuborsa olgan qarziga zakot menda ham unda xam xisoblanmay qoladiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Modomikin qarzini beraman deb turgan bo‘lsa u pul sizniki hisoblanib, u pulni zakotini berasiz. Qo‘lingiz olganingizda o‘tgan yillarga chiqarasiz. Hozir berishingiz shart emas. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 146 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar