Zulm
Assalomu alaykum! Ustoz Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Mazlumning faqat zulmkorning ziddiga qilgan duosi ijobatmi yoki o‘zi uchun Allohdan mag‘firat, taqvo, tavfiq, so‘rasaxam ijobatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mazlumning qiladigan bir duosi ijobat. U nima yoki kim haqida bo‘lsa ham farqi yo‘q. Shuning uchun avvalda ulug‘ zotlar zolimning haqqiga duoibad qilmaganlar. Aksincha holatni g‘animat bilib dunyo-oxirati uchun foydali duoni qilib qolishgan. Hatto ba’zi bir zotlarni kimlardir urgan paytida turib hech narsa demasdan yo‘lda davom etaverishgan. “Nega bunday qildingiz” desa, “Bir musht yoki tepki bilan meni duosi ijobat bo‘ladigan maqomga chiqarib qo‘ysa nima ham deyman” deyishgan. Bu holat takror-takror davom etaversa haddini bildirib qo‘yish bu boshqa narsa. Chunki bu holatda “Izloolum nafs” mukarram bir shaxsni xorlashlik bo‘ladi. Mo‘min kishi bunga rozi bo‘lmasligi kerak. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 149 | Duolar