Zakot beriladigan mablag haqida?

Assalomu alaykum Hurmatli Shayh Hazratlari. Sizdan soramoqchi bolgan savolim hozirgi kunda adashmayotgan bolsam kopchilikni ayniqsa vatanidan uzoqdagi musulmonlarini savoli. Alloh (SWT)ni irodasi bilan mana 2 yildirki chet eldagi oliy oquv yurtlarida oqish sabab bolib mamlakatdan uzoqda oilam (ahliyam va bolalarim) bilan yashab kelayapmiz. Ozga yurtda doimiy yashab qolishlikni niyat qilmaganimiz uchun bu erda boshida, uy joy masalasida, ijarada turib yashadik, ijara haqi ham arzon bolmaganidan oz bolsa ham keyinchalik ozimizga mablag boladi deb arzonroq uy sotib olishni niyat qilgandik, Alloh (SWT)ni ozi bizga mos keladigan uyni nasib qildi. Hozirda osha uyni toliq sotib olganimiz yoq, lekin uyni sotishga masul bolgan shahs (Lawer) bilan uyni narhini (foizsiz) oyma oy tolab uzishlikka kelishganmiz, hozirda oyma oy kelishilgan miqdordagi tolovni tolab kelayapmiz. Hozirgacha kelishilgan narhni uchdan bir qismini tolab boldik. Shu uyni sotib olish uchun tolayotgan molimni kelajakda uyni sotsam menga qaytadigan mablag sifatida qarayman, haqiqatida ham shunday, sababi uyni olishlikdan maqsad shu uyni ketishdan oldin sotib oz bolsa ham pul ortingan bolishlik edi.Ushbu erda birinchi savolim, Endi shu uyga tolab bolingan mablagni hozirgi paytda zakot berishlik kerak bolgan mol hisobiga qoshamanmi yoki qoshmaymanmi? Ikkinchi savolim, mana chet elda yashayotganimga 2 yil boldi, men molni nisobini olchashlikda qaysi davlat hisobi bilan yuritishim kerak boladi? Hozirgi kunda ozim vaqtinchalik yashayotgan davlatdagi musulmonlar nisobi bilanmi yoki ozimni asl vatanim Uzbekiston musulmonlari nisobi bilanmi? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat Alloh (SWT) ilmingizni yanada ziyoda qilsin, qilayotgan hayrli ishlaringizga barakotlar hamda behisob ajr hasanotlar ato qilsin. Alloh (SWT) ozi barchamizdan rozi bolsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
[quote author=miraziz_a link=topi’=6037.msg51869#msg51869 date=1192894369]Assalomu alaykum Shayx xazratlari!Aziz forum ma’sullari islom dinimizni yakindan bilishimiz uchun kilaetgan savobli (inshaollox oxiratda ajrli) ishlaringizga raxmat.Meni bir birodarimni tovuk fermasi bor, uni tovukga zakot berish-bermaslik savoliga anik javob topa olmaetgani aytadi. U bir-ikkita ilmli odamlardan xam tovukga zakot berish-bermaslik tugrisida anik javob olmagan. Shu savolga aniklik kiritishingizni sizdan suraymiz. Savolim oldin kurilgan bulsa uzr, usha postni kursatilsa bas. Yana bir bor uzr raxmat!HAYVONOT MAHSULOTLARIDAN ZAKOT OLINADIMI?Hozirgi kunimizda sut va sut mahsulotlaridan olingan foyda orqali mol boqayotganlardan ko‘proq boy bo‘layotganlar oz emas. Yaylovda mol boqib boy bo‘lishdan ko‘ra, bir qancha molni qamab boqib, uning sutidan va sut mahsulotlaridan boylik orttirayotgan kishilar, shirkatlar ko‘p. Yaylovda mol boqayotganlarga Zakot berish farz. Molni qamab boqqanlar yaylovda boqmaganni uchun moldan Zakot bermasligi aniq. Endi undan chiqayotgan mahsulotlardan ham bermaydimi?Shuningdek, ipak qurti boqib, pilla sotib katta boylik orttirish mumkin. Bu ham pilla qurti, deb atalmish hayvondan chiqqan mahsulot. Tovuq boqib boy bo‘layotganlar ozmi?Ushbu zikr qilingan va shunga o‘xshash boshqa hayvon mahsulotlari Qur’on nozil bo‘lgan, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yashagan joyda va zamonda bo‘lmagan. Shuning uchun ularning zikri kelmagan. Zotan dunyodagi hamma hayvonlar. Ziroatlarni hisoblab ro‘yxat qilib chiqish Qur’on va sunnatning vazifasi ham emas. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa Qur’on bilan sunnat ikkinchi, uchinchi darajali narsalarga to‘lib ketar edi. Mana shundoq joylarda fihq ilmi va faqih olimlar ish beradilar. Ular Qur’on va sunnatdan olingan asosiy qoidalarga asoslanib va Zakoti olinayotgan boshqa narsalarga qiyos qilib hayvon mahsulotlaridan Zakot olinishi yoki olinmasligi masalasini hal qiladilar.Mazkur mahsulotlarning mulk ekanligi, o‘sib turishi, unga ma’lum miqdorda ega bo‘lganlar boy hisoblanishi kabi omilari ila hayvonot mahsulotlari ham boshqa hayvonot va ziroat boyliklariga o‘xshaydi. Lekin hayvondan chiqqan mahsulotdan Zakot olish aynan qaysi narsaga qiyos qilinadi? deganda asalga deb javob beriladi.Yuqorida «asaldan Zakot olinmaydi», degan kishilar, asal-hayvondan chiqqan suyuqlik, u sigirdan chiqqan sutga o‘xshaydi, sigirning sutidan Zakot olinmaganidek, asalarining asalidan ham Zakot olinmaydi, deyishgan edi. Shunda «asaldan Zakot olinadi», degan ulamolar aytishadiki, sigirning sutidan Zakot olinmagani uning o‘zidan Zakot olingani uchundir. Bunda o‘zidan Zakot olingan narsaning mahsulotidan Zakot olinmaydi, o‘zidan Zakot olinmagan narsaning mahsulotidan Zakot olinadi, degan shariatning qoidasi bor. Shu qoidaga binoan erdan Zakot olinmaydi, ammo undan chiqqan mahsulotlardan Zakot olinadi. Yaylovda boqilgan sigrdan Zakot olingani uchun uning sutidan Zakot olinmaydi.Demak, yaylovda emas, qo‘rada em berib boqilgan sigirdan Zakot olinmaganidan keyin, uning sutidan va sut mahsulotlaridan Zakot olish kerak. Pilla qurtining o‘zidan Zakot olinmaganidan keyin uning mahsuloti pilladan Zakot olish kerak. Tovuqdan Zakot olinmagandan keyin uning mahsulotlaridan Zakot olish kerak.

27 Aprel 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 165 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar