Pul haqida

Assalomu alaykum! Meni juda ham pul topishga ishtiyoqim baland, biznesga juda qiziqaman, xayolimga pul ishlash fikri joylashib qolgan, lekin shu bilan birgalikda zimmamdagi hamma farz, vojib va sunnat amallarimni ado etaman. Haromdan saqlanaman, Islom dini haqida chuqur bilimga ega bo‘lishga harakat qilaman, har kuni hadislar va oyatlar haqida fikr yuritaman. Pul haqidagi fikrlardan qutulishim qiyin emas, lekin otamning men uchun sarflayotgan harajatlarini ko‘rib, pul haqida o‘ylayveraman. Qanday yo‘l tutishim joiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Halol kasb qilib pul topishni shariat man qilmaydi. Siz o‘ylanavermasdan halol kasb qilib, harakat qiling. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar