Dunyoviy va shar’iy ajrim

Assalomu alaykum! Er va xotin o‘rtasidagi (xotinning eriga  itoat qilmasligi natijasida) ziddiyatlardan charchagan xotin sud orqali ajrimni talab qilmokda. Er bunga qarshi. Xotinining aqli kirishini Allohdan umid qilib, oilasini saqlab qolish niyatida. Lekin xotin kishining talabi sud tomonidan ertami-kechmi qondirilishi aniq. Ajrim qog‘ozini olgan xotin erining talog‘isiz va roziligisiz oilani buzishiga shariatimiz qanday qaraydi? Xotin ajrim qog‘ozi bilan o‘zini “ersiz, boshi ochiq ayol”, deb hisoblashi va kelajakda boshqa oila qurishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Er taloq qo‘ymagunicha, yoki taloqqa dalolat qiluvchi so‘zlarni aytmagunicha o‘rtadagi nikoh uzilmaydi. Qonuniy ajrashishning o‘zi taloq o‘rniga o‘tmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 23:42 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar