Uydan topilgan narsa hukmi
Assalamu alaykum, hurmatli ustoz!Bir kishi o‘z uyidan bir narsa topib oldi. Ahlidan so‘rab surishtirsa bu ularniki emasligi, hamda boshqa birovga tegishli ekanligi aniq bo‘lib chiqdi. O‘ylab ko‘rib bu narsani kim tashlab ketgani yoki tushirib qoldirganini aniqlay olishmadi. Bunday vaziyatda nima qilish lozim?Men bilgan holatda bir fleshka(kompyuter fayllarini xotirada saqlovchi kichik qurilma) topib olingan. Uni nima qilish lozim?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunda topib olingan narsada qilish lozim bo‘lgan ish qilinadi. Ya’ni, topib olingani e’lon qilinadi. Egasi chiqib, sifatlarini aytib berguncha ushlab turiladi. Ayniqsa siz aytgan narsaning egasini topish juda ham oson. Ichidani ma’lumotlardan darhol bilib olish oson.
4 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 159 | Namoz