Shu holatimda zakot beramanmi

Assalomu alaykum! Menga bobom 2015 yilda 3 xonali uyni meros qilib berdilar. Bobom o‘zlari 2016 yil qazo qildilar. O‘sha uyda ammakim bilan o‘g‘illari turibtilar vaqtincha, lekin ularni uyi bor boshqa shaharda. Yaqinda eshitdim inson o‘zi turmagan uydan zakot berish kerak ekan. Men boshqa shaharda yashayman ishim bo‘yicha va u shaharda ijarada turaman. Endi u uyni sotmoqchiman. Amakim hozircha turgan uyni va sotib zakot berishim kerakmi yo zakotni uyni sotmasimdan oldin berishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu holida zakot bermaysiz. Sotganingizdan keyin bir yil o‘tganidan keyin zakot berish lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 12:48 | Savol-javoblar | 141 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar