reklama masalasida

Shayx Hazratlari!Men yaqinda reklama bilan shug‘ulllana boshladim ya‘ni: mini marketlar, kafe, maktablarda bo‘ladigan har qanday reklama xizmatlarini qilamiz.Masalan Katta katta harflar bilan do‘konlarni nomini yozib beramiz(ob’emnыe bukvы), yoki banerlar bilan, shtenderlar(paynet,aksessuarlar va hk.), yoki maktab oqishlarga stendlar qilamiz.Ba‘zida TO"YXONAlardan ham nomini yozib berishlik uchun zakaz kelib qoladi. shunda bir odam menga: "to‘yxonalarga nomini yozib berishlik ularni reklamasini qilib berishlik yaxshimas, u erda ichkilik bo‘ladi, shaytonbazm bo‘ladi, san shularni reklama qilgandek bo‘p qolasan" ma‘nosida gapirdi. Bu odam haqmi? haqiqatda ham to‘yxonani nomi yozib bezatib berishim ma‘qul emasmi? Iltimos shuni hukmini tushuntirib bersangiz! Yaratgan o‘zi rozi bo‘lsin sizdan! va Barokatuh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday ishlarni bajarish man’ qilinmagan. Taqvo qilaman desangiz, o‘zingizning ishingiz.

4 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar