Gunohini oshkor qiluvchilar haqidagi hadis
Assalomu alaykum! 4200-savolning javobida- «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gunohini oshkor qiluvchilarning gunohlari kechirilmasligi haqida aytganlar.» deyilgan ekan. Hozir izlab topdib bu savolni. Avval ham qaerdadir bu kabi gapni o‘qib «Gunohni birovga aytish ham gunoh» degan fikrga kelgandim. Menga bir odam qilga gunohi haqida, qilgan ishidan afsuslanib gapirib qoldi. Uni tinglashga majbur bo‘ldim. Bugun unga «Gunohni birovga aytish ham gunoh» dedim. U buni bilmasligini va qaerda bunday yozilganini so‘radi. Albatta bu gapga ishonmaganidan emas, aniqroq bilib boshqalarga ham etkazish maqsadida. Unga ko‘rsatishim uchun yuqoridagi hadislarini to‘liq shakli, iloji bo‘lsa sharhi va arabcha matni bilan yozib yubosangizlar, iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: كُلُّ أُمَّتِي مُعَافًى إِلَّا الْمُجَاهِرِينَ، وَإِنَّ مِنَ الْمُجَاهَرَةِ أَنْ يَعْمَلَ الرَّجُلُ بِاللَّيْلِ عَمَلًا ثُمَّ يُصْبِحُ وَقَدْ سَتَرَهُ اللهُ، فَيَقُولَ يَا فُلَانُ عَمِلْتُ الْبَارِحَةَ كَذَا وَكَذَا، وَقَدْ بَاتَ يَسْتُرُهُ رَبُّهُ وَيُصْبِحُ يَكْشِفُ سِتْرَ اللهِ عَنْهُ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:
«Mujohirlardan boshqa ummatimning hammasi avf qilingandir. Albatta, bir kishining kechasi bir ishni qilib, tong otganda Alloh uni satr qilgan bo‘lsa ham «Ey falonchi, kechasi unday qildim, bunday qildim», demog‘i ham mujoharadandir. Batahqiq, u Alloh uni satr qilgan holida yotgan edi. Tong otganda esa o‘zidan Allohning satrini ochadi», dedilar».
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: «Mujohir» jahr so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘atda «oshkora qiluvchi» degan ma’noni bildiradi. Shar’iy istilohda esa gunohni oshkora va uyalmasdan qiluvchi odamga aytiladi. Ushbu hadisi sharifdagi ta’rifga qaraganda, o‘zi qilgan gunohni odamlarga maqtanib yuradi.
Demak, gunohni oshkora qilgan, o‘zidan sodir bo‘lgan gunohlarini gapirib yuradigan mujohirlarning gunohi avf qilinmas ekan.
Ana shunday mujohirlarning aybini gapirish g‘iybat hisoblanmas ekan.("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:41 | Savol-javoblar | 173 | Hadislar