Qasamni o‘zgartirsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bo‘lmag‘ur savolim bilan qimmatli va savobli vaqtingizni olayotganim uchun uzr! “Qasamni qaytib olsa bo‘lmaydi” degan ekansiz. Lekin buzib qo‘yish xavfi bo‘lsa, uni o‘zgartirsa bo‘ladimi? Masalan: “Shu ishni qilsam falon bo‘lay” deyish o‘rniga, “shu ishni ko‘p qilsam falon bo‘lay” deb. Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Shunday ulug‘ kunlardagi misoli dengizchalik duo va ibodatlaringizdan yarim tomchini menga ajratib duo qilib qo‘ying hazrat, duolarim qabul bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qasamni o‘zgartirib bo‘lmaydi.

26 May 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar