Duo qilib turing ustoz

Allohga cheksiz hamdu sanolar bo‘lsinki bizga bitmas tugnmas iymon berdi. Sizdek olimlar bilan suhbat qurayotganimizga behad hursandmiz. Maqsadim jannatda ham irga qilishini yolg‘iz Allohdan so‘rab duolar qilaman. Yaqinda Alloh hohlasa safar qilmoqchiman. Safarim taqvo bilaman O‘zining ibodatida bo‘lishini doimo so‘rab duo qilyapman. orayotgan joyimni tilini yahshi bilmayman. Shuning uchun ahli solih kishilardan ham safarim oldidan duo qilishini so‘rayapman. Ustoz szdan iltimosim shuki meni haqimga ham duo qilib tursangiz. Yo‘lim ochilib safarim behatar bo‘lishini duo qilib so‘rashingizga muhtojman. Zero mo‘minning g‘aybdagi birodariga chin dildan qilgan duosi ijobat ekanligiga ishonaman. Sahobalar ham shunday qilishganini ko‘p o‘qiganman. Alloh hammamizni Faqat O‘zining yo‘lida haqiqiy do‘st o‘lganlardan qilsin. Oldindan rahmat. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh safaringizni bexatar qilsin! O‘zingiz orzu qilgandan yaxshi natiyjalarni bersin!

4 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 147 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar