O‘quvchiga qattiqqo‘llik
Assalomu alaykum! Men o‘qituvchiman, yuqori sinflarga (7,8 sinf) dars beraman. 1. Ko‘pincha dars paytida o‘quvchilar darsga halaqit qilsa, uyga vazifani bajarmagan bo‘lsa o‘rnidan turgizib, dars oxirigacha o‘tirishiga ruxsat bermayman. Bu qattiqqo‘lligim shariatga xilof emasmi? Oxiratda buning uchun o‘quvchilar mendan haq talab qilmaydimi? 2. O‘quvchilar dars paytida telefon, soat, naushnik va shu kabi ortiqcha narsalar o‘ynab o‘tirishsa ularni olib qo‘yaman va ota-onasi kelmaguncha bermayman. Bu ishim birovning haqini biroz muddat bo‘lsada olib qolish emasmikin? 3. O‘quvchilarga chet tilini o‘rgatish ham savobli ish hisoblanadimi? (Buning uchun davlat oylik to‘lagan taqdirda ham). Javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ustoz, murabbiylar shogirdlarini o‘z farzandlaridek ko‘rib, o‘rni kelganda mohir bog‘bonlar daraxtni parvarishlagani kabi ortiqcha, foydasiz va zarar beradigan shoxlarini tartiblab shakl berib turishi kerak. Bu jarayonda zulmga o‘tib ketmaslik lozim. Zulm darajasiga etsa albatta roziligini olish shart. Shuning uchun ulug‘ ustozlarning ko‘rsatmasiga muvofiq g‘azab vaqtida jazolamaslik kerak. Balki g‘azab so‘ngandan keyin sun’iy g‘azab bilan engil ta’zir berish kerak.
2). Maktab ichki nizomiga muvofiq o‘quvchilarga taqiqlangan buyumlarni vaqtincha olib qo‘yishingiz joiz. Bu muddatda olib qo‘ygan narsangiz sizda omonat hisoblanadi. Bunchalikka olib bormaslik uchun darsni o‘quvchilarning diqqat e’tiborini jalb qiladigan darajaga chiqarish kerak.
3). Savobli bo‘lishi niyatga qarab bo‘ladi. Niyat yaxshi bo‘lsa savob ham oylik maosh ham o‘z o‘zidan bo‘ladi. O‘quvchilarning vaqtlarini zoe ketkazmaslik kerak. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 135 | Ta’lim va muta’allim