Fohisha haqida

Assalomu alaykum! Bir do‘stim aytib berdi.bir kuni taksida kketayotganida yo‘ldan bir 60 lar atrofidagi erkak va bir 30 yoshlar atrofidagi ayol taksida o‘tiribdi. Ayol kishi fohisha ekan. Har hil bo‘lar bo‘lmas uyatsiz gaplarni gapirib ketibdi. savolim shuki shunday paytda taksi haydovchisi ayolni manziliga etkazmasdan yo‘lda majburlab mashinadan tushirib yuborsa bo‘ladimi gunohkor bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uni mashinadan tushirib yubormasdan manzil oxirigacha tinmay nasihat qilib ketish kerak edi. Shunda ajr oladi. Insonlardan emas, ulardan sodir bo‘luvchi gunohlardan nafratlanish kerak. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2023, 22:32 | Savol-javoblar | 0 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar